Bugun 7 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina chora ko‘rmoqda

Ukraina chora ko‘rmoqda

Rossiyaning tovar omborlariga berayotgan zarbalari yetkazayotgan zararni kamaytirish uchun Ukraina hukumati biznesga omborlarni tarqoqlashtirishda (turli joylarga bo‘lib joylashtirishda) yordam berishga harakat qiladi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Sergey Koreskiy ma’lum qildi.

«Davlat, shuningdek, ombor quvvatlarini tarqoqlashtirish uchun biznesga mavjud binolardan foydalanishda ustuvor huquq berishga tayyor. Iqtisodiyot vazirligi, ARMA [Aktivlarni qidirish va boshqarish agentligi] va Davlat mulki jamg‘armasiga uch kun muddatda shunday ob’ektlar ro‘yxatini tayyorlashni topshirdim», — xabar berdi Koreskiy chorshanba oqshomida biznes, chakana savdo va logistika kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilish hisobotida.

Bundan tashqari, bosh vazir yaqin orada Ukraina Milliy banki, banklar va vazirliklar bilan biznesni kredit orqali qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishga va’da bermoqda, shuningdek, hukumat «xalqaro logistikani desentralizasiya qilish va bojxona koridorini kengaytirish bo‘yicha qarorlar» tayyorlayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 11:34 06.08.2026. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!