Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ukraina aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Ukraina aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

8 apreldan 29 aprelga qadar MAU aviakompaniyasi Kiyev – Toshkent va Toshkent – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi. 

Qayd etilishicha, Kiyevdan reyslar har payshanba kunlari, Toshkentdan esa har juma kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxiga 23 kilogrammgacha bo‘lgan yuk va ikkita qo‘l yuki kiritilgan (5 va 7 kg).

Kiyevdan Toshkentga bo‘lgan aviachipta narxi $278dan boshlanadi, Toshkentdan Kiyevga esa — $357.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kirish uchun COVID-19 testining 72 soat ichida o‘tkazilgan manfiy natijasi talab qilinadi.

Kiritildi: 21:38 06.04.2021. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!