Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina armiyasi ruhiyati korrupsiya fonida pasaydimi

Ukraina armiyasi ruhiyati korrupsiya fonida pasaydimi

Ukraina Qurolli kuchlarining ruhiyati frontdagi muvaffaqiyatsizliklar va Kiyevdagi korrupsiya mojarosi fonida maxsus harbiy operasiya boshlanganidan beri eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Britaniyaning "The Telegraph" nashriga tayangan holda xabar berdi.

"G‘arbning nobarqaror yordami, elektr energiyasidagi korrupsiya bilan bog‘liq shov-shuvli janjal va armiyaga xizmat qilishdan qochib ketayotgan ukrainalik erkaklarning ommaviy emigrasiyasi bilan birgalikda, bosqinning dastlabki kunlaridan beri ruhiy holat eng past darajada ekanligi ko‘rinib turibdi", — deyiladi materialda.

Noyabr oyi boshida "Politico" Ukraina muxolifati Zelenskiyni samarasiz energetika siyosati orqali mamlakat xavfsizligiga putur yetkazishda ayblamoqchi ekanini xabar qilgan. Strana.ua nashri esa muxolifat siyosatchilari korrupsiyaga qarshi kurash va armiya bilan bog‘liq muammolardan foydalanib, Zelenskiy pozisiyasini zaiflashtirishga urinayotganini yozgan.

Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi (NABU) 10 noyabr kuni energetika sohasida keng ko‘lamli maxsus operasiya o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Rada deputati Yaroslav Jeleznyakning aytishicha, byuro sobiq energetika vaziri va hozirgi adliya vaziri German Galushenko hamda "Energoatom"da tintov tekshiruvlari o‘tkazmoqda.

"Ukrainskaya pravda" nashri manbasiga ko‘ra, NABU xodimlari tadbirkor va Zelenskiyning yaqin tanishi sanalgan, Ukrainadan chiqib ketishga ulgurgan Timur Mindichning uyida ham tintuv o‘tkazishga kelgan.

Keyinroq NABU energetika sohasidagi korrupsiya ishiga oid audioyozuvlardan parchalarni e’lon qildi. Ularda "Tenor", "Roket" va "Karlson" deb atalgan shaxslar tilga olingan. Jeleznyakning ma’lumotiga ko‘ra, "Karlson" — Mindich, "Tenor" — "Energoatom" vakili Dmitriy Basov, "Roket" esa sobiq energetika vaziri Galushenkoning maslahatchisi Igor Mironyukdir.

Kiritildi: 23:10 17.11.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!