Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina armiyasi mo‘’jizalar yaratmoqda

Ukraina armiyasi mo‘’jizalar yaratmoqda

"Xortisa" qo‘shinlari operativ-strategik guruhi so‘zchovchisi Viktor Tregubov Ukraina Qurolli Kuchlari Donetsk viloyatining Pokrovskdan janubi-g‘arbdagi Peschanoye qishlog‘ini ozod qilganini ma’lum qildi.

Rossiya harbiy pabliklari Ukraina Qurolli Kuchlari qishloqning bir qismini egallagan, ammo keyinchalik Pokrovsk yaqinida ukrainalik harbiylarning ilgarilab borishi to‘xtatilganini ta’kidlashmoqda. Shunga qaramay, ular kelgusi hafta Ukraina Qurolli Kuchlari hujumlarni qayta boshlashini taxmin qilishmoqda va ushbu yo‘nalishda, jumladan, dron bo‘linmalarini o‘z ichiga olgan Ukraina qo‘shinlarining yuqori konsentrasiyasi haqida xabar berishmoqda.

"Hozirda rossiyaliklar u yerda jiddiy zarba, jiddiy mag‘lubiyatga uchradi va bu, jumladan, turli ukrainalik dronchi bo‘linmalar, turli pilotsiz uchish apparatlari bo‘linmalarining samarali hamkorligi tufayli yuz berdi," - dedi Tregubov.

Ukraina Qurolli Kuchlarining Peschanoyega hujumlari haqida o‘tgan haftayoq xabar berilgan edi.

Kiritildi: 21:00 16.02.2025. O'qildi: 4536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!