Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

UFC xo‘jayinlari 6 oyda rekord darajada daromad ko‘rdi

UFC xo‘jayinlari 6 oyda rekord darajada daromad ko‘rdi

UFC promousheniga egalik qiluvchi Endeavor sarmoyadorlar guruhi ortda qolgan yarim yillik uchun moliyaviy hisobotni e’lon qildi.

Olti oylikda promoushen tarixidagi rekord darajada sof foyda ko‘rilgan. 2021 yilning yanvaridan to shu kunigacha UFC ko‘rgan daromad 1.1 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 650 million dollarga ko‘p deganidir. Pandemiya davrida faqat Dana Uaytdek ish ko‘zini biladigan tadbirkorgina shuncha pul ishlay oladi.

"Pandemik vaziyatga qaramay, oqilona olib borgan siyosatimiz muvaffaqiyatimiz kaliti bo‘lib xizmat qildi. Ikkinchi uch oylikda uchta raqamlangan UFC turnirini o‘tkazdik. Ushbu shoularga chiqarilgan chiptalar sotuvidan rekord darajada foyda oldik. Shuning evaziga UFC tarixidagi eng ko‘p daromadga aynan shu olti oylikda ega bo‘ldik", - deyiladi keltirilgan hisobotda.

Kiritildi: 16:18 19.08.2021. O'qildi: 7169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!