Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Uchtepa tumanidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
Uchtepa tumanidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 1 aprel kuni soat 01:45 da Toshkent shahar Uchtepa tumani “Paxtakor” MFYda bir biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:31 da o‘rab olingan va soat 02:37 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida "Kichik halqa yo‘li" ko‘chasida joylashgan xonadon oshxonasining 15 kv.m maydonda tom qismi, "Uyg‘ur tor" ko‘chasida joylashgan xonadonlarning 80 kv.m. maydonda tomi va ichki qismi, 25 va 20 kv.m. maydonda tom qismlari (jami xonadonlarni 140 kv.m. maydoni) yongan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 09:44 01.04.2023. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!