Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Uchtepa tumanida ekologik nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi

A A A
Uchtepa tumanida ekologik nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Uchtepa tumani bo‘limi davlat inspektorlari hamda Ekopatrul xodimlari hamkorligida tuman hududi bo‘ylab navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan ushbu nazorat tadbirlar mobaynida "Xondamir" MFY, Dallas ko‘chasida og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari tomonidan yo‘lning yuza qismini ifloslantirib harakatlanayotgani aniqlandi.

Aniqlangan ushbu holat yuzasidan, mazkur avtotransport vositasi haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 91-moddasining tegishli qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi va shu kabi harakatlar qayta sodir etilmasligi bo‘yicha kerakli tushunchalar berib o‘tildi.

Kiritildi: 13:48 20.12.2023. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!