Harbiy ro‘yxatda turmaganligi uchun birinchi marta migrantlar Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi. Bu haqda Xabarovsk o‘lkasi ichki ishlar migrasiya boshqarmasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, avgust oyida uch nafar tojikistonlik RF fuqaroligini olib, Rossiya fuqarosidan talab qilinadigan barcha shartlar yozilgan hujjatlarga imzo chekkan. Ammo ular harbiy ro‘yxatda turish haqidagi majburiyatni bajarmagan.
Polisiyachilar tomonidan qo‘lga olingan bu fuqarolarning pasporti olib qo‘yilgan. Endi ular Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.