Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Turon24 ijodiy jamoa va rahbariyati yangilanadi

A A A
Turon24 ijodiy jamoa va rahbariyati yangilanadi

Turon24 Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bo‘yicha axborot uzatishga ixtisoslashgan axborot agentligi sifatida tashkil etilgan. Agentlik o‘z faoliyati samaradorligini oshirish, rivojlantirish maqsadida o‘z faoliyat yo‘nalishi, axborot uzatish formatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda. Shu bois, ijodiy jamoa va rahbariyat tarkibini qayta tashkillash ishlari boshlandi, deb xabar qiladi agentlik telegram kanali.

Ushbu jarayon yakunlangunga qadar Turon24 faoliyati moliyalanishi to‘xtatiladi.

Turon24 yangilanadi, o‘zgaradi. Yangilangan Turon24 jurnalistikaning oliy mezonlariga amal qilgan holda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning istalgan qismidan ishonchli, tekshirilgan, xolis va tezkor axborot uzatishda davom etishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 13:42 07.01.2019. O'qildi: 1204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!