Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

«Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljidi

«Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljidi

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 14:34 da «Er usti halqa» yo‘nalishidagi «Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljib tushgani aniqlandi.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda mutaxassislar tomonidan texnik o‘rganish ishlari olib borilmoqda va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Qipchoq» va «Quruvchilar» metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.

«Toshkent metropoliteni» DUK yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, yo‘lovchilar xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:40 16.07.2026. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!