Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turli ichimlik qopqoqlari va tovarlarda chiqqan yutuqlar ham qimor yutuqlari sanaladimi?

Turli ichimlik qopqoqlari va tovarlarda chiqqan yutuqlar ham qimor yutuqlari sanaladimi?

Savol: Turli ichimlik va tovarlarda chiqqan yutuqlar ham qimor yutuqlari sanaladimi?

Javob: Agar ishlab chiqaruvchi yo sotuvchi kompaniyalar o‘zining mablag‘lari evaziga yutuq o‘ynasa, bu shariatda qaytarilgan ish emas. Buni o‘z mulki evaziga tovar savdosini yurg‘izishga urinish, deya baholash mumkin.

Ammo, kompaniya yutuqning harajatini tovar ustiga qo‘yib, unga yutuq tiksa, bu harom o‘yin - qimor sanaladi. Chunki bunda ko‘pchilikning mulkini bir yo bir necha kishi olib berilayotgan bo‘ladi va bu mohiyatan qimordir.

Yutuq kompaniyaning mablag‘iga bo‘lyaptimi yoki xaridorlarning mulkigami, buning aniqlash yo‘li quyidagicha:
Agar tovarning narxi yutuq qo‘yilgandan keyin qimmatlagan bo‘lsa, demak yutuq xaridorlar hisobiga bo‘layotgan bo‘ladi.

Alloh yanada bilguvchiroqdir.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:52 15.05.2019. O'qildi: 2225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!