Rossiyada turkmanistonlik talaba Vepa Qorayev 19 iyun kuni koronavirusdan vafot etdi. Rossiyadagi turkmen.news manbalarining xabar berishicha, talaba uzoq vaqt kasalxonaga bormagan va o‘z-o‘zini davolashga harakat qilgan. Uning o‘pkasining 85 foizi zarar ko‘rgan.
Qorayev 2000 yilda Toshhovuz viloyatining Akdepa tumanida tug‘ilgan. 2018 yilda u Mordoviya davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgandi.
Rossiyada hozirgi vaqtda koronavirus bilan kasallanishning keskin o‘sishi kuzatilmoqda.