Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkmanistonda Mustaqillik kuni odatdagidan bir oy oldin nishonlanadigan bo‘ldi

Turkmanistonda Mustaqillik kuni odatdagidan bir oy oldin nishonlanadigan bo‘ldi

Turkmanistonda endilikda Mustaqillik kuni odatdagidan bir oy oldin, ya’ni 27 sentyabrda nishonlanadigan bo‘ldi. 

Turkmaniston 26 yil davomida asosiy davlat bayramini 27 oktyabrda nishonlab kelgan. 1991 yil aynan shu kun Turkmaniston SSR oliy kengashi mustaqillik bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga tayanib, “Turkmanistonning mustaqilligi va davlat tuzumi asoslari haqida”gi qonunni qabul qilgan. Biroq 2017 yil oktyabrda Mustaqillik kunini 27 sentyabrda nishonlash haqidagi qonun qabul qilingan. Buning sababi esa ma’lum qilinmagan.  

Bosh tantanalar Ashxobodda mustaqillik monumentiga gullar qo‘yish bilan boshlanadi. Bu marosimda an’anaviy ravishda mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov, parlament, hukumat, mahalliy ma’muriyatlar, diplomatik korpuslar vakillari, xorijiy diplomatlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari vakillari, Turkmanistonning barcha hududlaridan kelgan delegatlar hamda xorijiy mehmonlar ishtirok etadi.

So‘ngra Ashxobodning markaziy maydonidagi prezident saroyi oldida harbiy parad va viloyatlar hamda xalq xo‘jaligining turli sohalari vakillarining bayramona yurishi bo‘lib o‘tadi.   

Turkmaniston Mustaqilligi kuni nishonlanishi poytaxtdagi konsert maydonlarida shou-biznes vakillarining konsertlari va bayram salyuti bilan yakunlanadi.

Manba: kun.uz 

Kiritildi: 08:15 27.09.2018. O'qildi: 1263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!