Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Turkmaniston prezidenti nimadan norozi?

Turkmaniston prezidenti nimadan norozi?

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishida qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning sust sur’atlaridan noroziligini bildirdi, deb xabar beradi Turkmenistan Today.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, endi nafaqat mamlakat bozorlarini agrar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish va uning importini qisqartirish, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barqaror eksportini yo‘lga qo‘yish kerak.

«Paxtani ekishga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha qishloq xo‘jalik ishlarini sifatli bajarishga ustuvor ahamiyat berish kerak», dedi u.

Turkmaniston rahbari vazirlar mahkamasi rahbariyatiga qishloq xo‘jaligini texnik jihozlar bilan ta’minlash sohasida ishlarni tashkil etishning yangi usullarini izlashni buyurdi va agar ular samarasiz bo‘lsa, uni ijarachilarga topshirishni yoki buning uchun javobgar bo‘lgan maxsus tuzilmalarni yaratishni aytdi.

Berdimuhamedov o‘z nutqini yakunlab, vazirlardan yer islohotlarini, biologik laboratoriyalarni tashkil etishni, yomg‘ir va tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etishni, shuningdek, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni talab qildi.

Kiritildi: 08:25 09.10.2019. O'qildi: 4557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!