O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. "Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov suhbat o‘tkazdilar.
Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
So‘ng Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi.