Bir necha kun oldin OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida tarqalgan mish-mishlar mutlaqo yolg‘onligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilgandi. Yangi xabarlarga ko‘ra, "Arakadag" komada bo‘lgan.
ERKIN TÜRKMENISTAN yutub-kanalining xabar berishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov ikki kun koma holatida bo‘lgan, deydi "to'g'ri.uz".
Ushbu kanalning yangi yuklagan videosida aytilishicha, 20-21 iyul kunlari "Arkadag" komada bo‘lib, 22 iyul kuni hushiga kelgan. Shu qatori, muallif avvalroq davlat rahbarining o‘limi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun uzr so‘radi.
Aytib o‘tish joizki, bunday xabarlarning tarqalishiga Turkmaniston rahbarining 5 iyul kuni ta’tilga chiqqani va 6 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vise-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashuvda ishtirok etmagani bo‘ldi. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Ilgariroq, Togri.uz Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan bog‘lanib mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomatligi bilan bog‘liq turli xabarlarga oydinlik kiritgan edi.