Dunyo bo‘yicha koronavirus COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan 951 901 nafarni tashkil etmoqda. Virusdan bugungacha 48 284 kishi vafot etdi, 202 342 kishi sog‘aydi. O‘zbekistondagi so‘nggi ma’lumotlar esa ushbu virusni yuqtirib olganlar 190 nafar ekanini ko‘rsatmoqda, deb yozadi Qalampir.uz.
Ma’lumki, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu virus 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan ayolda aniqlanganini ochiqladi. Keyinroq Turkiya va BAAdan qaytganlarda ham ushbu virus aniqlangani aytildi. Biroq, chet eldan ushbu infeksiyani yuqtirib kelish faqat yuqoridagi uch mamlakat bilan bog‘liq emas.
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan 190 nafar bemorning 72 nafari kasallikni chet eldan yuqtirib kelgan. Xo‘sh, bu qaysi mamlakatlar? O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ushbu ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra:
Ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat esa quyidagicha: