Izmitda joylashgan Turkiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodi - TÜPRAŞda kuchli portlash yuz berdi.
Kojaeli shahar munisipaliteti meri Tohir Byuyukakinning so‘zlariga ko‘ra, portlash rejalashtirilgan mashg‘ulotlar vaqtida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Portlashdan keyin zavod hududida yong‘in chiqqan. Rasmiylarga ko‘ra, u tezda mahalliylashtirilib, nazorat ostiga olindi.
Hozirda zavod mutaxassislari va xavfsizlik xizmati kelgusida bunday hodisalarning oldini olish maqsadida portlashning aniq sabablarini aniqlamoqda. Zavoddagi vaziyat normallashtirilib, korxona ishi odatdagidek davom etyapti.
Portlash binoga katta zarar yetkazdi, uyning bir qismi deyarli butunlay vayron bo‘ldi.