Turkiyaning Qirqqal’a viloyatida Balishayx munisipaliteti raisi Xilmi Shenga qurolli hujum uyushtirildi.
Bu haqda CNN Türk telekanali xabar bermoqda.
Shen hujumdan keyin olib ketilgan shifoxonada vafot etdi. Uning haydovchisi Mikoil Chelikko‘l ham halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan.
Shenning qarindoshi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi, uning yonidan qurol topildi.