Turkiyada “Isroil yolg‘onlari” platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun ma’lum qildi.
Turkiyaning sistematik zulm tizimiga ilk daqiqalardanoq qarshi chiqqanini ta’kidlagan Altun, “Isroil yolg‘onlari” platformasi haqiqat va adolatga xizmat qilishini aytdi.
“Isroil G‘azodagi genosidni butun Yaqin Sharqqa yoyishga harakat qilmoqda. Qolaversa, u ko‘plab feyk ma’lumotlar ham tarqatmoqda”, degan u.
Altun Isroilning mintaqada insoniy va axloqiy chegara bilmaydigan shafqatsizligi, hozirgi xalqaro taranglikni yanada kuchaytirish xavfi borligini ta’kidladi. Qolaversa, Turkiya Isroilni to‘xtatishi uchun qo‘lidan kelgan ishni qilgani va qilayotganligini ham eslatdi.
“Turkiya Isroilga qarshi turib haqiqat vakili bo‘lishda davom etadi. Dunyo Isroil yolg‘oniga aldanmoqda. Biz dezinformasiya tarqatish orqali manipulyasiya qilishlariga jim qarab turolmaymiz. Biz bunday qilmaymiz”, dedi Altun
Shuningdek, u ushbu platformani yaratishga ko‘maklashayotgan va ishonch bildirganlarga o‘z minnatdorchiligi bildirib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Turkiya G‘azodagi fojialar sabab Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatib qo‘ygan.