Bu haqda The Insider xabar bermoqda.
Gumonlanuvchilar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining razvedka tuzilmalari bilan aloqada bo‘lgani aytilmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlardan biri Eron fuqarosi bo‘lib, ular Turkiya hududidagi va undan tashqaridagi harbiy bazalar hamda strategik ahamiyatga ega ob’ektlar haqida ma’lumot to‘plagan.
Shuningdek, tergov gumonlanuvchilar Turkiyaning janubida, Adana viloyatida joylashgan NATO'ning Injirlik aviabazasi ustidan razvedka kuzatuvi olib borganini qayd etmoqda.
Bundan tashqari, gumonlanuvchilarga Turkiya hududi orqali uchinchi davlatlarga “operativ maqsadlarda” uchuvchisiz uchish apparatlarini ko‘chirish bilan bog‘liq logistika operasiyalarida ishtirok etganlik aybi ham qo‘yilmoqda.
Injirlik aviabazasi Yaqin Sharqdagi NATO'ning asosiy harbiy bazalaridan biri bo‘lib, AQSh va NATO'ning Yevropadagi havo kuchlari qo‘mondonligining eng sharqiy bazasi hisoblanadi. U Turkiya va AQSh harbiy-havo kuchlari tomonidan birgalikda foydalaniladi va baza XX asr o‘rtalaridan buyon alyansning mintaqadagi operasiyalarida muhim rol o‘ynab kelmoqda.