Turkiyaning Milliy razvedka xizmati (MİT) va Bosh xavfsizlik boshqarmasi hamkorligida Malatya shahrida DEASh teroristi Ibraxim Burtakuchin hibsga olindi. U yangi yil bayramlari davrida hujum tayyorlagani ma’lum qilindi.
Manbalarga ko‘ra, Burtakuchin Turkiya hududida DEASh manfaatlari uchun faoliyat yuritgan. Terrorist imkoniyat paydo bo‘lsa, jangovar hududlarga ketib, guruhga qo‘shilish va yangi yilda hujum amalga oshirishni rejalashtirgan.