Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya «xorijiy agentlar» haqidagi qonunni qabul qilishga tayyorlanmoqda

Turkiya «xorijiy agentlar» haqidagi qonunni qabul qilishga tayyorlanmoqda

Turkiya hukumati «xorijiy ta’sirga qarshi» qonun loyihasini tayyorladi va uni yaqin kelajakda qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya «davlat xavfsizligi, uning ichki yoki tashqi siyosati manfaatlariga qarshi ishlaganlar» uchun eng ko‘p yetti yilgacha qamoq jazosi bilan jinoiy javobgarlikni joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Qonun loyihasi yaqin kunlarda mamlakat parlamentida muhokama qilinadi. Nashrning qayd etishicha, u yaqinda Gruziyada qabul qilingan qonunga, shuningdek, Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshaydi.

Turkiya fuqarolik jamiyati ushbu qonundan xavotirda va bu qonun rasmiylar tomonidan hukumat tanqidini bostirish uchun qo‘llanilishi mumkinligini aytadi. Muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi qonun loyihasi «juda repressiv muhit» uchun asos bo‘lishini aytdi, deya xabar beradi agentlik.

Kiritildi: 20:15 01.11.2024. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!