Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Turkiya o‘ziga yangi ittifoqchi topdi

A A A
Turkiya o‘ziga yangi ittifoqchi topdi

Turkiya mamlakatda yuzaga kelgan valyuta inqirozi ortidan o‘ziga yangi ittifoqchi topdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning matbuot xizmati xabar berishicha, Qatar Anqaraga 15 milliard dollar miqdorida investisiya yo‘naltirishga va’da bergan.

Turkiya rahbari bilan uchrashuvda Qatar amiri Tamim bin Xamad Al Tani turk iqtisodiyotiga 15 milliard dollarlik investisiya kiritish niyati haqida ma’lum qilgan. Mazkur xabar borasidagi qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

2017 yil iyunda Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishini ma’lum qilgandi. Keyinroq ular munosabatlarni tiklash uchun o‘z shartlarini ma’lum qilishdi. Shartlardan biriga ko‘ra, Doha o‘z hududidan Turkiya harbiy bazasini chiqarib yuborishi lozim edi. Anqara buni Turkiyaga nisbatan hurmatsizlik deb atagandi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 06:00 17.08.2018. O'qildi: 1897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik