Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya o‘z elektromobilini taqdim etdi – TOGG

Avto / Xorij A A A
Turkiya o‘z elektromobilini taqdim etdi – TOGG

Bursa viloyati Gemlik tumanida bunyod etilgan TOGG elektromobili zavodiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tashrif buyurdi.

Prezident avtomobil korpusi va yig‘ish ishlari olib borilayotgan sexlar bilan tanishdi.

Turkiya davlati rahbari rafiqasi Amina Erdog‘an bilan yangi elektromobilni sinovdan o‘tkazdi.

Shundan so‘ng Prezident jurnalistlarga o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va zavod ishchilari va tadbir mehmonlari bilan suhbatlashdi.

“TOGG nufuzli turk brendi sifatida dunyoning ko‘plab davlatlarining yo‘llarini ziynatlaydi. Gemlik zavodi to‘liq quvvatga kirgach, yiliga 175 mingta avtomobil ishlab chiqariladi, bunda 4300 kishi bevosita va 20 ming kishi bilvosita ish bilan ta’minlanadi. 2030 yilga borib bu yerda 1 million avtomobil ishlab chiqariladi, milliy daromadimiz 50 milliard dollar bo‘ladi, joriy hisob kamomadi 7 milliard dollarga qisqaradi”, dedi Erdog‘an.

Kiritildi: 23:13 31.10.2022. O'qildi: 5219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!