Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Suriya bilan dengiz chegaralarini belgilash bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda

Turkiya Suriya bilan dengiz chegaralarini belgilash bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda

Kelajakda Turkiya Anqaraning Sharqiy O‘rtayer dengizidagi manfaatlarini himoya qilish uchun Suriya bilan dengiz chegaralarini demarkasiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda jurnalistlarga Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .

"Ehtimol, kelajakda dengiz chegaralari bo‘yicha kelishuv imzolanadi... Suriya bizning eng yaqin qo‘shnimiz va biz aniq nazorat tizimiga ega bo‘lishni xohlaymiz bu mintaqada", — dedi A.Uralo‘g‘li.

Vazirning qayd etishicha, kelishuvni tayyorlash bosqichiga o‘tishdan oldin Suriyada doimiy hukumat tuzilishini kutish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, dengiz chegaralarini demarkasiya qilish masalasi bilan shug‘ullanishga hali erta.

Ikki davlat o‘rtasidagi havo aloqasi masalasiga to‘xtalar ekan, A.Uralo‘g‘li Anqara Suriyaning beshta ayeroportidan ikkitasini ishini tashkil etishda yordam berishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

"Bular Damashq va Halab aeroportlari. Vaziyatni baholash uchun u yerga mutaxassislar guruhlarini yubordik. Ularda hatto radar tizimi ham yo‘q, ular 1990-yillardagi eski kompyuterlardan foydalanadi. Oddiy rentgen skanerlari ham, boshqa nazorat ham yo‘q. Uchish-qo‘nish yo‘laklari juda eski”, dedi vazir.

A.Uralo‘g‘lining qo‘shimcha qilishicha, birinchi bosqichda Turkiya hukumati Damashq aeroportini tiklashga yordam berishni rejalashtirmoqda. Buning uchun tegishli reja va yo‘l xaritalari tayyorlanadi.

Kiritildi: 23:36 24.12.2024. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!