Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Kilis viloyatiga kamida ikkita snaryad tushdi . Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi .
Aytilishicha, snaryadlar minalangan hududga tushgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, snaryadlar tushganidan keyin yong‘in boshlangan.
Ayni paytda Turkiya Mudofaa vazirligidagi manbalar mamlakat Qurolli kuchlari go‘yoki javob artilleriyasi va tank zarbalarini bergani haqidagi xabarlarni rad etdi.