Turkiya tomoni Istanbulda Rossiya Federasiyasi va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning mumkin bo‘lgan uchinchi raundi konstruktiv bo‘lishini va kelishuv jarayonini olg‘a surishga imkon berishini kutmoqda. Bu haqda dushanba kuni "RIA Novosti" agentligiga turk diplomatik manbasi xabar berdi.
"Biz mojaroni hal qilishda taraqqiyotga erishish imkonini beradigan jarayonning konstruktiv davom etishiga umid qilamiz...”, dedi agentlik suhbatdoshi Turkiyaning rejalashtirilgan muzokaralardan kutayotgani haqidagi savolga javob berar ekan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan avvalroq Rossiya Federasiyasi va Ukraina delegasiyalari bilan muzokaralar olib borganini, unga ko‘ra muzokaralarning uchinchi raundini o‘tkazish istagi borligini ma’lum qilgandi.