2009 yilda muzlatib qo‘yilgan Qatar-Turkiya gaz quvuri loyihasi Suriyada 61 yillik Baas rejimi ag‘darilganidan keyin yana kun tartibiga qaytdi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Loyiha dastlab Bashar al-Assad rejimi tomonidan rad etilgan edi va Suriyada o‘n yildan ortiq davom etgan fuqarolar urushi boshlanganidan keyin uni amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qoldi.
✍️ Suriyada yangi hukumatning kelishi va barqarorlikning tiklanishi mumkinligi bilan loyiha yana dolzarblik kasb etdi.
Mutaxassislar ta’kidlaganidek, mamlakatda tinchlik o‘rnatilsa, loyiha siyosiy to‘siqlarga duch kelmaydi, energetika sohasida chuqur hamkorlik qilish va mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlarini ochib beradi.
❕ Agar gaz quvuri qurilsa, Turkiya Yevropaning eng yirik gaz markaziga aylanadi.