Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya prezidenti Shusha shahriga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Shusha shahriga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning joriy yil iyul oyidagi diplomatik dasturi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an uchta yirik xalqaro tadbirda ishtirok etadi.

Xususan, Turkiya prezidenti 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘an 6 iyul kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Turkiya prezidenti 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO yetakchilar sammitida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 20:47 30.06.2024. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!