Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bugun Toshkentning ikkki tumanida gaz o‘chiriladi

Bugun Toshkentning ikkki tumanida gaz o‘chiriladi

Toshkentning ikkki tumaniga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning ikki tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 4 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Sergeli tumani:

  • «Nog‘ayqo‘rg‘on» MFY Mohidil, Mohichehra, Gulzor, Erkinlik ko‘chalaridagi 426 ta yerli xonadon;
  • «Qubaytepa» MFY Parizod va Qubaytepa ko‘chalaridagi 392 ta yerli xonadon;
  • Choshtepa ko‘chasidagi 65 ta yerli xonadon;
  • Daryo bo‘yi ko‘chasidagi 82 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni: 14 ta.

Olmazor tumani:

  • «Orzu» MFY, 3 ta ko‘p qavatli uylardagi 222 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni: 5 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 06:30 04.07.2024. O'qildi: 1579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!