Ommaviy axborot vositalari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan taklif etilgan Ukraina uchun tinchlik rejasi tafsilotlarini e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, reja quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi: o‘t ochishni to‘xtatish; barcha asirlarni almashish, halok bo‘lganlarning jasadlarini almashish; Ukrainaning Rossiya bilan chegaradosh hududlarini Yevropa Ittifoqi, Turkiya va Rossiyaning o‘zaro kafolatlari ostida demilitarizasiya qilish; Odessa va Nikolayev portlari atrofida energiya imtiyozlari orqali Ukrainani tiklash fondi bilan maxsus iqtisodiy zonani yaratish; referendum doirasida 5 yil ichida «bahsli» hududlar masalasini hal etish.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘an Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda vositachi bo‘la olmasligini aytgan edi.