Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 26 iyul - 11 avgust oralig‘ida Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada musobaqasi uchun tarkibini e’lon qildi.
Tarkibda 3 nafar yoshi katta futbolchi ham mavjud. Bular Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqada S guruhidagi bahslarda ishtirok etadi. U yerda futbolchilarimizga Ispaniya, Misr hamda Dominikan termalari raqiblik qiladi.
Dastlabki o‘yin 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.