Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya poytaxti qum bo‘roni ostida qoldi

Turkiya poytaxti qum bo‘roni ostida qoldi

Turkiya poytaxti Anqara shanba kuni qum bo‘roni ostida qoldi. 

Turkiya poytaxti qum bo‘roni ostida qoldi

Saudiya Arabistonidan yopirilib kelgan og‘ir chang-to‘zon yo‘llarda ko‘rish imkonini cheklab qo‘ydi va harakatlanishning to‘xtashiga olib keldi.

Tabiiy ofat tufayli xavf darajasi "sariq" deb e’lon qilindi. Bo‘ron deyarli bir zumda boshlandi.

Shamol tezligi joylarda soatiga 55 km ga etdi, bo‘ron esa deyarli 2,5 soat davom etdi. Mintaqaning infratuzilmasi katta yo‘qotishlarga duch kelmadi. Faqatgina bir qator uylarning tomlariga shikast yetgan.

Turkiya poytaxti qum bo‘roni ostida qoldi

Xabar qilinishicha, kamida olti kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Kiritildi: 16:59 13.09.2020. O'qildi: 4446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!