Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Turkiya, kerak bo‘lsa, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida o‘zining harbiy-dengiz bazalarini yaratadi - Erdo‘g‘an

A A A
Turkiya, kerak bo‘lsa, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida o‘zining harbiy-dengiz bazalarini yaratadi - Erdo‘g‘an

"Agar kerak bo‘lsa, Kipr shimolida o‘zimizning harbiy-dengiz bazalarimiz va harbiy-dengiz tuzilmalarimizni yaratamiz”, — dedi Erdo‘g‘an Gresiyaning o‘z harbiy-dengiz bazasini Kipr Respublikasi hududida joylashtirish rejalari haqidagi savolga javob berar ekan.

Turkiya prezidenti shanba kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida qilgan bayonotini takrorladi: Kipr muammosini faqat bo‘lingan orolda ikki davlat mavjudligini tan olish orqali hal qilish mumkin.

"Ikki davlat modeli Kipr muammosining yagona yechimi ekanligi kundan-kunga oydinlashmoqda", dedi u.

Kiritildi: 21:45 21.07.2024. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!