Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiya banklari eski namunadagi 50 va 100 dollarlik kupyuralar xaridini to‘xtatdi

Turkiya banklari eski namunadagi 50 va 100 dollarlik kupyuralar xaridini to‘xtatdi

Turkiyaga 600 mln dollar miqdoridagi 50 va 100 dollarlik soxta kupyuralar olib kirilgani iddaosi ortidan banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari eski dollar banknotalari xaridini to‘xtatdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, pul sanash apparatlari va bankomatlar soxta banknotalarni ajrata olmayapti.

Turkiya ommaviy axborot vositalarida yozishlaricha, bozorda 1 yarim oydan beri soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar aylanib yuribdi. Ushbu banknotalar dasturiy ta’minot yangilanmagan pul hisoblagichlaridan o‘tayotgani ma’lum bo‘lgach, banklar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari ularni sotib olishni to‘xtatdi. Ayrim valyuta ayirboshlash shoxobchalari eski banknotalar uchun komissiya to‘lovi joriy etgan.

Turkiya Banklar Assosiasiyasi (TBB) banklarni soxta 50 va 100 dollarlik banknotalar haqida ogohlantirgan.

Barcha vakolatli muassasalar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari uyushmasi (TÜYEMDER) boshqaruvi a’zosi Mustafo Unver, Banklarni tartibga solish va nazorat qilish agentligi va G‘aznachilik vazirligi bilan bu borada muzokaralar olib borayotganliklarini aytgan. U, shuningdek, bozorda 600 million dollarlik soxta pul borligidan xabardorligini bildirgan.

“Bu faqat Istanbul bilan cheklanib qolmagan, ko‘plab viloyatlarga tarqaldi. Biz pul hisoblash mashinalarimizni yangiladik, ammo bu yetarli emas. Ushbu mashinalar chetdan olib kelingani bois, biz chet eldan yangilanishlarni kutamiz”, deya ta’kidlagan u.

Kiritildi: 19:52 27.11.2024. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!