Turkiya 85 million 372 ming kishi bilan aholi soniga ko‘ra 194 davlat orasida 18-o‘rinni egalladi va bu dunyo aholisining 1,1 foizini tashkil qildi.
Turkiya Statistika instituti bu yilgi Jahon Aholi kuni byulleteni chop etdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan 1989 yilda dunyo aholisi 5 milliard kishiga yetgan «11 iyul 1987 yil» «Jahon aholi kuni» sifatida qabul qilingan. Ushbu bayramda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi har yili aholining muhim muammolariga e’tiborni qaratib, aholi va rivojlanish muammolari haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.