Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatidagi ikki maktabga moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
TİKAning Mozori Sharifdagi idorasidan berilgan bayonotga ko‘ra, yordam Qaley Zal hududida joylashgan Xalil Saadet boshlang‘ich maktabi va Abdul Samet Maxdum o‘rta maktabiga yetkazildi. Ta’lim muassasalariga parta, stullar, doska, mebel jihozlari, shkaflar, kitob javonlari, o‘t o‘chirish moslamalari, tozalash vositalari topshirildi.
TİKA Mozori Sharif ofisi koordinatori Mikail Tashdemir bu maktablar agentlik tomonidan 2007-yilda qurilganini va o‘shandan beri ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatilayotgan yordam 2,5 mingga yaqin o‘quvchining o‘qish sharoitlarini yaxshilash imkonini beradi.
Taşdemir, TİKAning Afg‘onistondagi ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Qunduz viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kari Saleh Muhammad Nikmel ta’lim tizimini takomillashtirish va yosh avlodni yaxshi kelajakka tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Turkiya va TİKA agentligiga minnatdorchilik bildirdi.