Davlat rahbarlari sammit yakunlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qildilar. Bu haqda Aqorda ma’lum qildi.
Sammit yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari quyidagi hujjatlarni qabul qildilar:
Turkiy davlatlar tashkilotining Budapesht deklarasiyasi;
Davlat rahbarlari kengashining Afg‘oniston bo‘yicha bayonoti;
O‘zbekiston Respublikasini Turkiy xalqlar madaniyati va merosi jamg‘armasi tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi qaror;
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vakolat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror.