Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Turkiston viloyatida xalqaro qidiruvdagi Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi

Turkiston viloyatida xalqaro qidiruvdagi Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi

Turkiston viloyati Polisiya departamenti xalqaro qidiruvda bo‘lgan Rossiya Federasiyasi fuqarosini qo‘lga oldi.

Gumonlanuvchi Rossiya Federasiyasining Samara shahrida qidiruvga berilgan. U birovning mulkini o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.

«Erkak chegarani kesib O‘zbekiston Respublikasiga o‘tmoqchi bo‘lgan. Hozirda gumonlanuvchi tergov izolyatorida saqlanmoqda. Polisiya hodisaning to‘liq holatlarini aniqlashga harakat qilmoqda», — dedi Turkiston viloyati PD matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon Turkiston viloyati PD Jinoyat polisiyasi boshqarmasi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvdagi 7 nafar jinoyatchi qo‘lga olingan.

Kiritildi: 07:48 17.08.2022. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!