Qozog‘iston Italiyaga neft yetkazib berishni amalga oshirishi mumkin.
Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ma’lum qildi.
"O‘tgan yili Qozog‘iston neftining Italiya bozoriga yetkazib berilishi 30 million tonnadan oshdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga ko‘p. Agar kerak bo‘lsa, biz hozirgi hajmlarni oshirishga tayyormiz", - dedi To‘qayev Ostonadagi Markaziy Osiyo-Italiya sammitida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, energetika sohasi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni harakatga keltiruvchi kuchdir.
To‘qayevning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston Yevropa Ittifoqiga neft eksport qiluvchi uchta yirik davlatdan biridir.