Turkiyada 2016 yil 15 iyulda davlat to‘ntarishga urinish voqealari paytida F-16 qiruvchi uchoqlar xoin askarlar tomonidan to‘ntarishga qarshi chiqqan xalq ustidan uchirilib, ovoz bombalari otildi. Olomonni qalbida qo‘rquv uyg‘otib, xalqni tushkunlikka tushirishga urindilar. Shunda Turkiya Diyonat Ishlari Boshqonligi (Diniy Idora) butun imomlarni masjidlardan salovat o‘qib turishga chaqiradi. O‘sha tunda Turkiya samolari go‘zal bir salovat ovozidan larzaga keldi. Qalblarga sakinat tushirdi, xalqning shijoatiga shijoat qo‘shdi. Uchoqlarning ovozi esa salovat saslarining tagida qolib ketdi...
Bu hodisadan keyin har yili 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi soat 0:13 da mamlakatning turli joylarida, 90 mingdan ziyod masjidda ayni vaqtda salovat aytish odat qilindi. Butun masjid va minoralarning chiroqlari bomdod namozigacha yoqib qo‘yiladi...
Buning ma’nosi “Azonlarning ovozini o‘chirgan to‘ntarishlar zamonidan, to‘ntarishlarning ovozini o‘chirgan salovatlarning zamoniga keldik” demakdir.
(Quyidagi rasm bugun bo‘lib o‘tgan g‘alaba tantanalarida suratga tushirilgan.)
Abdumavlon Rashidov
Manba: azon.uz