Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tungi klubda o‘ldirilgan shaxs xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev ekan

Tungi klubda o‘ldirilgan shaxs xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev ekan

O‘zbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustasi, xalqaro musobaqalar g‘olibi, erkin kurashchi, 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tdi.

Yangi ma’lumotga ko‘ra, Jamshid Kenjayev pichoq bilan muassasaga kirishga uringan. Qo‘riqchilar bunga yo‘l qo‘ymagani uchun Jamshid ulardan biriga pichoq bilan zarba bergan. So‘ng mehmon va qo‘riqchi o‘rtasida janjal chiqqan. Natijada Jamshid ko‘plab tan jarohati olgan va jarohatlari sabab bugun ertalab shifoxonada vafot etgan.
 
Jamshidga tan jarohatlari yetkazishda ayblanib, muassasaning uch nafar xodimi hibsga olingan. Ular – 24 yoshli Saidazim K., 29 yoshli Shodali K. va 26 yoshli Jahongir YA. Klub qo‘riqchisi bo‘lib ishlovchi, hodisaning ikki nafar ishtirokchisi 41 yoshli Sherali I. va Abdurasul M. olgan jarohatlari natijasida shifoxonada qolmoqda.
 
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 18:54 09.08.2018. O'qildi: 3772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!