Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 6 yanvar kuni Liberallar partiyasi yetakchisi lavozimini tark etishi mumkin.
Bu haqda The Globe and Mail gazetasi xabar bermoqda.
"Tryudo dushanba kuniyoq Liberal partiya yetakchisi lavozimidan ketishini e’lon qilishi mumkin," - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, manbalar Tryudo o‘z qarorini qachon e’lon qilishini bilmaydi, ammo ularning so‘zlariga ko‘ra, bu 8 yanvar, chorshanba kuni partiya a’zolarining uchrashuvidan oldin sodir bo‘ladi.
"Hozircha u darhol ketadimi yoki yangi rahbar saylanmaguncha bosh vazir bo‘lib qoladimi, aniq emas," - deya ta’kidlaydi gazeta manbalari.