Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini tark etayotgan Liz Trass mamlakat rahbari sifatida so‘nggi nutqini so‘zladi. U hukumatning keskin tanqidlariga duch kelganidan keyin iste’foga chiqishiga majbur bo‘ldi.
Trass o‘z nutqini, xususan, qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyingi mana shunday og‘ir damlarda mamlakatga rahbarlik qilish u uchun sharaf ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng Trass hukumat iqtisodiy inqiroz davrida aholini qo‘llab-quvvatlash uchun "shoshilinch va qat’iy" harakat qilganini aytdi. U Buyuk Britaniya iqtisodiyoti "o‘sish sur’ati past bo‘lgan mamlakat bo‘la olmaydi" va hozirda "boshqacha" harakat qilish zarurligiga ishonch bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hukumat rahbari sifatida faol ravishda ilgari surgan "soliqlarni qisqartirish"ni ham anglatadi.
Shuningdek, iste’foga chiqqan bosh vazir Britaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi va mudofaasini kuchaytirishi kerakligini ta’kidladi.