AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat uchuvchisiz qurilmasi (dron) Eron tomonidan yo‘q qilingach, javob zarbasi bo‘lish-bo‘lmasligi xususida gapirib o‘tdi.
«Reuters»ning yozishicha, hammasi tez orada ma’lum bo‘ladi.
«Natijani tez orada ko‘rasiz»-,degan Tramp.
Avvalroq, eronliklar AQSh harbiy qurilmasini havo chegarasini buzganlikda ayblab, urib tushirgan edilar. Shundan so‘ng, Donald Tramp Eron juda katta xato qilganini ta’kidlab o‘tgandi.
Fors ko‘rfazi ayni damda dunyo aholisi ko‘z tikkan hududlardan biri. AQSH-Eron munosabatlari taranglashuvi xalqaro hamjamiyatda xavotir uyg‘otmoqda.
Avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo may oyida Eronga ogohlantirish yo‘llagani ma’lum bo‘lgandi.