Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Transport vazirligi: Toshkentda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida “Damas” avtomobillarning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlar asossiz

Transport vazirligi: Toshkentda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida “Damas”  avtomobillarning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlar asossiz

Toshkent shahar transport boshqarmasi Toshkent shahridagi ba’zi avtobus yo‘nalishlarining xususiylashtirilayotganligi to‘g‘risidagi xabar va maqolalar hamda ushbu holat yuzasidan bildirilayotgan turli fikr-mulohazalarga javoban rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini tashuvchi korxonalarga tender orqali biriktirish – bu mazkur yo‘nalishlarning xususiylashtirilganligini anglatmaydi, balki bu jarayon yo‘lovchi tashish yo‘nalishini aniq bir korxonaga, o‘rnatilgan talablarga (yo‘nalish sxemasiga, harakat jadvaliga, oraliq intervallariga, yo‘lkira tariflariga, tibbiy, texnik va boshqa talablarga) qat’iy rioya qilishni hamda ushbu talablarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklab, yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish huquqini muayyan muddatga berish demakdir.

Shuningdek, xabarda kelgusida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida yana “Damas” rusumli avtomobillarning paydo bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham asossiz ekanligi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 12:44 25.08.2021. O'qildi: 2111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!