Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Trampning ta’kidlashicha, uning davrida Xitoy sharlari AQSh ustidan uchib o‘tmagan

Trampning ta’kidlashicha, uning davrida Xitoy sharlari AQSh ustidan uchib o‘tmagan

«Men prezident bo‘lganimda xitoylik sharlar hech qanday shaklda AQSh ustidan uchmagan. Agar shunday bo‘lganida, biz ularni darhol urib tushirgan bo‘lardik», deb yozdi u o‘zining Truth Social tarmog‘ida.

«Rossiya aloqalari haqidagi da’volarga o‘xshab, bularning barchasi demokratlardan kelayotgan dezinformasiya va yolg‘on!» - deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Bloomberg agentligi manbalarga tayanib, Tramp ma’muriyati davrida AQSh hududi uzra kamida uch marta Xitoy sharlari qayd etilgani haqida xabar bergan edi, biroq bu faqat «Oq uyga Jo Bayden kelishi bilan» ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 13:20 08.02.2023. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!