AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik biznesmen Ilon Maskning davlat xarajatlarini qisqartirish haqidagi qonun loyihasini tanqid qilgani uchun sabrini yo‘qotmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
"Trampning soliq qonun loyihasiga milliarderning hujumlari uning prezident bilan munosabatlariga putur yetkazmoqda", — deyiladi maqolada.
Gazeta manbalariga ko‘ra, Mask uzoq vaqtdan beri yangi qonun loyihasidan hafsalasi pir bo‘lgan, biroq biznesmen Tramp NASA direktori lavozimiga Jared Ayzekman nomzodini qaytarib olgandan keyingina bu boradagi radikal bayonotlarga o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Mask Trampning ikkinchi prezidentlik muddatining birinchi oylarida AQSh Hukumat Samaradorlik Departamentini (DOGE) boshqargan.