Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Trampning g‘alabasidan keyin Yevropa iqtisodiyotida shoshilinch islohotlar o‘tkazish zarur

Trampning g‘alabasidan keyin Yevropa iqtisodiyotida shoshilinch islohotlar o‘tkazish zarur

Evropa Markaziy banki sobiq rahbari Trampning g‘alabasidan keyin Yevropa iqtisodiyotida shoshilinch islohotlar o‘tkazishga chaqirdi.

Mario Dragi tomonidan Yevropa Ittifoqi rahbariyati uchun tayyorlangan yuqori darajadagi hisobotda mehnat unumdorligi pastligi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi tufayli Yevropaning AQSh bilan tenglasha olmasligi haqida so‘z boradi.

"Ushbu hisobotda keltirilgan tavsiyalar allaqachon dolzarbdir. Ular AQShdagi saylovlaridan keyin yanada dolzarblashdi", — deya ta’kidladi Dragi Yevropa Siyosiy hamjamiyatining Budapeshtdagi sammitida.

Dragi o‘z hisobotida, xususan, Bryusselni Yevropa iqtisodiyotining raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun yiliga 800 milliard yevrogacha sarmoya kiritishga chaqirdi. Yevropa Markaziy bankining sobiq rahbari, shuningdek, Trampning prezidentligi Yevropa Qo‘shma Shtatlardan ortda qolayotgan asosiy yovnalish hisoblanuvchi texnologiyalar sohasining rivojlanishiga turtki berishi mumkinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, uning qayd etilishicha, Trampning proteksionistik iqtisodiy siyosati Yevropa ishlab chiqaruvchilariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ular uchun AQSh bozori shu paytgacha asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lib kelgan.

Evropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Dragining hisobotini kelajakdagi islohotlar uchun "a’lo asos" deb atadi.

Kiritildi: 20:00 08.11.2024. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!